Birinchi buyurtma

Kurs bilan O'rta 13 bosqich ~8 soat

Siz Qalqon Security pentest firmasiga junior pentester bo'lib ishga kirdingiz. Birinchi mijozingiz tanish: Kumushtog' Logistika. Ikki sizib chiqishdan keyin rahbariyat nihoyat tashqi pentest buyurtma qilmoqchi.

Rahbaringiz Javlon sizga ishni topshirdi: "Hujjatlarni tekshir, scope'ni aniqla, keyin recon va skanerlash. Esingda bo'lsin: ruxsatsiz bitta paket ham yuborilmaydi. Biz xakerlar emasmiz, biz pudratchimiz."

Qoida: 3-bosqichda aniqlagan scope butun case davomida amal qiladi. Scope'dan tashqaridagi hostga tegilsa — "mijozdan qo'ng'iroq" va jiddiy jarima. Hammasi o'ylab topilgan: manzillar faqat hujjatlar uchun ajratilgan bloklardan, hech bir buyruq haqiqiy tarmoqqa chiqmaydi.

Bosqichlar

Dastlabki 2 ta bosqich bepul — ularni ochish uchun mentoroogway.uz akkauntingiz bilan kiring, kurs shart emas.