G'oyib xodim

Kurs bilan O'rta 10 bosqich ~5 soat

Kumushtog' Logistika — Toshkentdagi o'rta logistika kompaniyasi. Ikki hafta oldin dasturchi Diyor Rahimov ishga kelmay qo'ydi, telefoni o'chiq. Xuddi shu kunlarda Telegram'da kompaniyaning mijozlar bazasi sotuvga qo'yildi.

Rahbariyat ishonchi komil: bazani Diyor o'g'irlagan. Sizni OSINT tahlilchi sifatida yollashdi. Vazifangiz: faqat ochiq manbalar orqali Diyor kimligini, hozir qayerdaligini va sizib chiqishga aloqasi bor-yo'qligini aniqlash.

Qoidalar: hech kimga yozmaysiz, hech qayerga kirmaysiz, hech narsani buzmaysiz. Faqat ochiq ma'lumot.

Bosqichlar

Dastlabki 2 ta bosqich bepul — ularni ochish uchun mentoroogway.uz akkauntingiz bilan kiring, kurs shart emas.